Umurzoqov ketgan “O‘zavtosanoat”ga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Ulug‘bek Rozuqulov “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi. Kompaniyaning rasmiy veb-saytida Ulug‘bek Rozuqulov boshqaruv raisi sifatida ko‘rsatilgan.

Ulug‘bek Rozuqulov 1969 yilda tug‘ilgan. U Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan. Rozuqulov, shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar u 2018 yildan O‘zbekistonning Indoneziyadagi, 2019 yilning oktyabr oyidan esa Vetnamdagi elchisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, Rozuqulov 2017–2018 yillarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ham ishlagan.

Bundan tashqari, Rozuqulov Bosh vazir o‘rinbosari – “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori lavozimlarida ham faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” kompaniyasining oldingi rahbari Shavkat Umurzoqov Toshkent shahriga hokim etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zavtosanoat Ulug'bek Rozuqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing