Umrni o‘n yilga uzaytirish uchun qanday odatlarga amal qilish kerak?

Foydali

image

Olimlar umrni o‘n yilga uzaytiruvchi yaxshi odatlarni aniqladi. Bu haqda "Express" xabar bergan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, uzoq umr ko‘rishni xohlovchilar O‘rta yer dengizi parheziga rioya qilishi kerak. Buning uchun ratsionda meva, sabzavot va donli mahsulotlar ko‘p bo‘lishi talab etiladi. Ular saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, depressiya, metabolik sindrom va xotira pasayishi xavfini kamaytiradi.

Shuningdek, tadqiqot natijalariga ko‘ra, uzoq umr ko‘rish uchun tamaki mahsulotlaridan voz kechish kerak. Olimlarning fikricha, chekish umrni o‘n yilgacha qisqartiradi. O‘rtacha dozada spirtli ichimliklar iste’mol qilish esa, erta o‘lim xavfini 17-18 foizgacha oshiradi. 

Umr ko‘rishni uzaytiruvchi yana bir yaxshi odat bu ko‘p stress holatiga tushmaslik. Tadqiqotlarga ko‘ra, baxtli odamlarda erta o‘lim ehtimoli 3,7 foizga kamayadi.


Maqola muallifi

Teglar

uzoq umr

Baholaganlar

543

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing