Olimlar XXI asr oxirida insonlar qancha yashashini aniqladi 

Bu qiziq

image

XXI asr oxiriga kelib o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 130 yoshga yetishi mumkin. Vashington universiteti (AQSH) olimlari “Demographic Research” jurnalida chop etilgan tadqiqotlarida shunday xulosaga kelishdi.  

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar ilmiy ish olib borishgan, unda statistik ma’lumotlar, shuningdek, Xalqaro uzoq umr ko‘rish ma’lumotlar bazasi demografik prognozlari va yangilanishlari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar qariyalarning omon qolish modelini tahlil qilgan. 

Olimlar Yevropaning 10 ta mamlakati hamda Kanada, Yaponiya va AQSHdan kelgan uzoq umr ko‘ruvchilarga doir ma’lumotlarni o‘rgangan. Statistik tahlillarda 2020 yildan 2100 yilgacha har 13 mamlakatda o‘limning mumkin bo‘lgan maksimal yoshi hisoblab chiqilgan. 

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, XXI asrda odamlarning 126-130 yoshgacha umr ko‘rish ehtimoli 99 foizdan oshadi. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, dunyo aholisining 13 foizi o‘zining 130 yilligini nishonlaydi. 135 yil umr ko‘rish ehtimoli esa kam bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

uzoq umr

Baholaganlar

734

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing