Umrimda hech qachon ichmaganman – Tramp
Olam
−
15 noyabr 7342 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp butun hayoti davomida biror marta ham alkogol yoki narkotik moddalarni sinab ko‘rmaganini aytdi. Bu haqda u Britaniyaning GB News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men umrimda hech qachon ichmaganman va hech qachon narkotik modda qabul qilmaganman”, deydi siyosatchi.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, u har doim farzandlariga narkotiklar, alkogol va sigaretalardan yiroq yurishni aytib keladi.
“Agar boshlamasa, uzoq davom etadigan qaramlik davri bo‘lmaydi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Amerika Prezidenti 79 yoshga to‘ldi. 7 oktyabr kuni u “Newsmax” telekanaliga bergan intervyusida o‘zini 30 yil avvalgidan ancha yaxshi his qilayotganini aytgan. Shu tariqa Tramp ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan og‘ir kasallik haqidagi fitna nazariyasiga munosabat bildirgan. Uning tarafdorlari respublikachi bir necha kun omma oldida ko‘rinmagani va Oq uy e’lon qilgan rejada ham uning chiqishlari ko‘rinmagani sababli bunday iddaolarni ilgari surgan edi.
Live
Barchasi