Umraning yangi mavsumi boshlandi
Jamiyat
−
11 Sentabr
3107Kecha, 10 sentyabr kuni “Umra – 2024” mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
Mazkur reysda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar ziyoratchilar Jidda shahriga yo‘l olgan.
Ma’lumot uchun, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruh va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh bo‘ladi. Ular Madina shahrida Grand Shahba, Makka shahrida esa Marmara Group Hotel mehmonxonalarida istiqomat qiladi. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi qachon boshlanishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr