Ummonda Eron va AQSH bilvosita muzokaraga kirishdi

Olam

image

Bugun, 12 aprel kuni Ummon poytaxti Maskatda Eron va AQSH o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar boshlandi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokaralarda Erondan Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, AQSHdan esa Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etmoqda. Tomonlar bir xonada o‘tirmaydi – ular o‘z pozitsiyalarini Ummon Tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy orqali bir-birlariga yetkazmoqda.

Ma’lumot uchun, bu Donald Tramp Oq uyga qaytgandan beri Vashington va Tehron o‘rtasidagi ilk muhim muzokaralar hisoblanadi. Vashington Tehrondan yadroviy dasturining harbiy komponentidan to‘liq voz kechishni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, muzokaralar bo‘lishi 7 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan edi. Shuningdek, Tramp 7 mart kuni Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga xat yuborganini bildirgan. Unda Prezident Eronni ikki yo‘ldan birini tanlashga undagan: “kelishuvga erishish yoki AQSH bilan harbiy to‘qnashuv”. Bu maktub BAA orqali yetkazilgan, biroq uning mazmuni oshkor etilmagan. “Axios” nashriga ko‘ra, Tramp Tehronga yangi yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun 60 kunlik muddat bergan.

Mart oyi oxirida Erondan AQSHga Ummon vositachiligida javob yetkazilgan. Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning aytishicha, Tehron bevosita muzokaralarni rad etgan, biroq “bilvosita muloqot yo‘li ochiq qolgan.”


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Ummon bilvosita muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing