“Ummon” guruhi xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
14 noyabr 2022
89644“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Jasur Rafiqov bugun, 14 noyabr kuni og‘ir xastalik sabab vafot etdi. Bu haqda guruhning yana bir sobiq xonandasi Shohruh o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
Jasur Rafiqov bir necha yillardan buyon saraton bilan kurashib kelayotgan edi.
"Ummon" guruhi havaskor xonandalar – Zohid Rixsiyev, Shohruh va Jasur Rafiqov tomonidan 2010-yillarda tashkil topgan edi. O‘sha yillarda bu guruh yoshlarning eng sevimli guruhiga aylandi va viloyatlar bo‘ylab minglab muxlislarni stadionlarga jamlagan konsertlar taqdim etdi.
Guruh 2018 yilda tarqaldi. Avvaliga uni Zohid tark etdi. Keyin esa Jasur betobligi sabab faoliyatini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, guruhning sobiq solisti Zohid Rixsiyev ham sentyabr oyida og‘ir avtohalokattga uchragan edi. Ayni vaqtda uning ahvoli o‘zgarishsiz qolmoqda.
QALAMPIR.UZ jamoasi marhum Jasur Rafiqovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.