Ummon aviakompaniyasi ham O‘zbekistonga muntazam uchishga ruxsat oldi

Jamiyat

image

Ummon sultonligining Oman Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Ummon sultonligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan kecha, 2 aprel kuni Oman Air aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Maskat-Toshkent-Maskat yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berilgan.

Bildirilishicha, parvozlar Boeing-737 havo kemasida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fuqaro aviatsiyasi agentligi Misrning Red Sea Airlines, Malayziyaning Air Asia X Berhad va Janubiy Koreyaning T’way Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

aviakompaniya Ummon sultonligi Oman Air

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing