O‘zbekistondagi karantin markazlaridan qochishga urinishlar kuzatildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan “Moskva-Toshkent” poyezdi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Namangan viloyatida (1995 yil) tug‘ilgan fuqaro Abbosov M.R. Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fuqaro bugun, 21 mart kuni soat 15:30 da belgilangan tartib qoidalarga amal qilmagan va karantin markazi devoridan oshib o‘tib, qochishga harakat qilgan. U karantin hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olingan.

“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bundan avval Parkent tumanida yashovchi 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro T. E. Samarqand viloyatida tashkil etilgan karantin markazidan qochishga o‘rinadi. U 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Samara shahridan O‘zbekistonga poyezd orqali kirib kelgan edi.

Hozirda ushbu shaxs o‘z uyida ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 257(1)-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston karantin

Baholaganlar

465

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing