Hafta oxirida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
17:28 366 1 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, harorat asosan kechalari 10–15 daraja, kunduz kunlari 22–27 daraja, shimoliy hududlarda joriy yilning 17–18 oktyabr kunlari kechalari 5–10 daraja, kunduz kunlari 18–23 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda bugun, 16 oktyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17–18 oktyabrda ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda 16 oktyabr va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati kechalari 12–14 daraja atrofida, kunduz kunlari 16 oktyabrda 24–26 daraja, 17–18 oktyabrda 22–24 daraja bo‘ladi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr