Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan ketdi...mi?
Jamiyat
−
15 may 2019 8407 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Umid Ahmadjonovning O‘zbekiston Miliy olimpiya qo‘mitasi prezidentligi lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi.
QALAMPIR.UZ manbasining aniqashicha, hozircha Ahmadjonov rasman iste’foga chiqarilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazilishi va yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylanishi mumkin.
Ayni paytda MOQ bu borada rasmiy ma’lumot tarqatgani yo‘q.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel