Umarov Taysondan so‘ng Xolifildni ham siyladi
Sport
−
18 noyabr 2023
16713Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda ham mezbon, ham mehmon sifatida ishtirok etgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov ayni kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan amerikalik afsonaviy bokschi Evander Xolifildga ham Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning chempionlik kamarini topshirdi.
Umarov Toshkentda mehmon bo‘lgani uchun boks afsonasi Xolifildga yana bir bor rahmat aytdi va unga WBC chempionlik kamari hamda Registon majmuasini o‘zida uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos soat sovg‘a qildi.
Shu tariqa butun dunyo boks ihlosmandlari nigohini O‘zbekistonga qarata olgan nufuzli sport tadbiri o‘z yakuniga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Otabek Umarov Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning yillik 61-Konvensiyasi doirasida Toshkentda bo‘lib turgan afsonaviy bokschi Mayk Taysonga WBC chempionlik kamarini topshirgan edi.
LiveBarchasi