Umarbek Eshmurodov milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Umarbek Eshmurodov terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Tajribali markaziy himoyachi mamlakat bosh jamoasi safida bir necha yil davomida to‘p surib, ko‘plab xalqaro musobaqalar va saralash bahslarida ishtirok etdi. 

“Milliy terma jamoa – orzu, sharaf, or-nomus, g‘urur....Endi muxlis sifatida davom etamiz”, deya izoh yozgan Eshmurodov.

33 yoshli Eshmurodov milliy terma jamoa safidagi Jahon chempionatida ham ishtirok etdi. “Nasaf” klubi himoyachisi Janubiy Amerikada bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlarda zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.

Futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlayotgan bo‘lsa-da, klub darajasidagi faoliyatini davom ettiradi.  Eshmurodov Qashqadaryoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Umarbek Eshmurodov milliy jamoa safida barcha rasmiy musobaqalar doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing