Umar Kremlyov Mirzahalilov ishtirokida revansh jangi bo‘lishini tasdiqladi
Sport
−
02 Oktabr
4604Avvalroq, o‘zbekistonlik professional bokschi, -57 kg vaznda janglar olib boradigan Mirazizbek Mirzaxalilov rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi kechgan IBA kamari uchun jang natijasidan noroziligini bildirib, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovdan revansh so‘ragani xabar qilingandi.
Bo‘lib o‘tgan jangga Kremlyovning o‘zi munosabat bildirib, revansh jangi o‘tkazilishini tasdiqladi.
“Haqiqatdan bu jang bahsli bo‘ldi. Hech qanday munozaraga o‘rin yo‘q, revansh bo‘ladi”, deb yozdi Kremlyov Mirzahalilovning Instagram posti izohiga.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Mirzahalilov Shumkovgacha profboksda 4 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Rossiyalik bokschi bilan to‘qnashuvda Mirazizbek profringdagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
LiveBarchasi