Umar Kremlyov o‘zbekistonlik murabbiyning kreditini to‘lab berdi (video)

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Qashqadaryoda bolalarga boks sir-asrorlarini o‘rgatayotgan murabbiyning kredit to‘lovlarini qoplab berdi. Bu haqda Kremlyov o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, murabbiy Xurshid Oltinboyev o‘zi yashayotgan hududda boks maktabi ochish uchun bankdan kredit olgan, biroq baribir bolalarga kerakli sharoitlarni yaratib berishda qiyinchiliklarga duch kelgan.

“Biz bergan va’damiz ustidan chiqdik va kredit olgan murabbiyga O‘zbekistonda boks klubini ochishda yordam berdik. U foydali tashabbus ko‘rsatdi, lekin yetarli sharoit yo‘q edi. Shu bois sportchi va murabbiylardan hamisha muammolariga jim turmasliklarini so‘rayman. Axir, biz hammamiz bir katta boks oilamiz!”, deydi Kremlyov o‘z sahifasida.

Qayd etish joiz, IBA prezidenti O‘zbekistondagi boshqa bir qancha tashabbus va xayrli ishlari bilan ham tanilgan. Kremlyov o‘tgan yili iyul oyida o‘zbekistonlik boks afsonasi Rufat Risqiyevga Malibu-2 avtomobilini sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo boks Umar Kremlyov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing