Ulug‘bek Rashidov Osiyo o‘yinlari finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashidov Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 sentyabr kuni Rashidov musobaqaning taekvondo WT dasturi bo‘yicha yarim finalida ishtirok etdi. U mazkur bahsda janubiy koreyalik Hojun Jinni 2:0 hisobida dog‘da qoldirib, chempionlik uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. 

Shuningdek, bugun Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy dasturda finalga yo‘l oldi. Yarim finalda xitoylik sportchilar bilan bahs olib borgan sportchilar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlik uchun yo‘llanma oldi. 

Ularga finalda dzyudo vatani Yaponiya jamoasi raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari final Ulug'bek Rashidov taekvondo WT Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing