Ulug‘bek Inoyatov Alisher Qodirovni populistlikda aybladi
Jamiyat
−
26 dekabr 2019
11206“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi lideri Alisher Qodirov populistligi sabab parlament saylovida yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov bugun, 26 dekabr kuni Xalqaro press-klubning saylov natijalariga bag‘ashlangan navbatdagi sessiyasida shunday fikr bildirdi.
“Alisher Keldiyevichning deputat sifatida saylana olmaganining asosiy sababi bu uning populistligi bo‘ldi. Saylov kampaniyasi davomida ham uning rahbarligi ostidagi partiya faqat populizm bilan shug‘ullandi”, deydi Ulug‘bek Inoyatov.
Inoyatovning bu iddaosiga javob o‘zini ko‘p kuttirmadi. MTDP lideri Alisher Qodirov raqobatchi partiya rahbariga darrov jaqob qaytardi:
“Populizm bu xalqqa xizmat qilishdir”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 dekabr kuni oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar o‘tkazildi. Saylov natijasiga ko‘ra, O‘zLiDeP g‘olib bo‘ldi va partiyada ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Saylov 150 ta okrugdan 125 tasida muvaffaqiyatli o‘tdi. Qolgan 25 ta okrugda hech bir nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz ololmadi. Ushbu okruglarda saylovlarning 2-turi 2020 yilning 5 yanvariga belgilandi.
Populizm bu – siyosatda saylovoldi kampaniyasi vaqtida mashhurlikka erishish uchun keng ommaga asossiz va’dalar berish va ularning ishonchiga kirish taktikasi. Populist shu taktikani qo‘llovchi shaxs.
LiveBarchasi