Ularning o‘zi urushmayotgan jangda katnashmaslik kerak — Bayden afg‘onlarni aybladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston hukumatini o‘z xalqi manfaati uchun birlasha olmaslik, shuningdek, jang qilishga yaroqsizlikda aybladi. Bu haqda u Oq uydagi bayonotida aytib o‘tdi.

“Afg‘onistonning siyosiy rahbarlari o‘z xalqi manfaati uchun birlasha olmadi, mamlakat kelajagi uchun muzokaralar olib borolmadi... Janob (Prezident Ashraf) G‘ani afg‘on qo‘shinlari jang qilishiga ishontirdi, ammo u adashdi”, dedi Bayden o‘z nutqida. 

Shu bilan birga Bayden Qo‘shma Shtatlar afg‘onlarni qo‘llab-quvvatlab, mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishda davom etishiga ishontirgan. Shuningdek, u AQSH Afg‘onistonda harbiylarsiz ham terrorchilarga qarshi kurashish mumkinligini aytgan.

AQSH Prezidenti millatga murojaat qilib, harbiy kontingentni Afg‘onistondan olib chiqish qarorini “axir afg‘onlarning o‘zlari o‘z mamlakatlari uchun urushmayapti-ku, nega biz urushaylik?”, deya izohlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.

Uning hozir qayerda ekani ma’lum emas. Bu borada turli tomondan har xil xabarlar kelmoqda. Shu vaqtga qadar sobiq Prezident G‘anining Tojikiston, Omon va O‘zbekistonda bo‘lib turgani haqida axborot paydo bo‘ldi. Biroq, yakunda ularning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi. Katta ehtimol bilan u AQSHdan boshpana olmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing