Ularni Rossiya muvofiqlashtirgan – Ukrainada masjidni yoqishga uringan neonatsistlar ushlandi

Olam

image

Ukrainada qrimtatarlar bayrog‘i va mamlakat Konstitutsiyasi kuni arafasida Odessa viloyatida masjidga o‘t qo‘yishga uringan neonatsistlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati xabar berdi.

UXX ikki nafar neonatsist terakt uyushtirib, Ukrainadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga va mamlakatdagi konstitutsion tuzumni ag‘darishga uringanini aniqlagan. Xavfsizlik xizmati ushbu rejani Rossiya Federatsiyasi maxsus xizmati vakillari muvofiqlashtirib turganini taxmin qilyapti.

25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasi o‘tkazilgan maxsus operatsiyada masjidni yoqishga uringan neonatsist tashkiloti a’zolari qo‘lga olingan. Ular yonuvchi suyuqlik to‘ldirilgan ikkita shisha idish bilan masjidni yoqmoqchi bo‘lgan. UXX qo‘lga olinganlardan biri uzoq RFda bo‘lib qaytganini aniqlagan.

Alohida o‘tkazilgan tintuvda qo‘lga olinganlarning yashash joyidan terakt uyushtirish rejalashtirilganini isbotlovchi qaydlar, yonuvchi vositalar topilgan.

Hozir neonatsistlar Ukraina Jinoyat-protsessual kodeksining 208-moddasi bilan qo‘lga olingan. Ular Ukraina Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etish bilan ayblanyapti.

Hozirda sudgacha tergov harakatlari olib borilyapti. Qayd etilishicha, maxsus operatsiya Odessa viloyati prokuraturasi rahbarligida o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina neonatsist

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing