Toshkentda 18 yoshli mast haydovchi simyog‘ochga urildi. Yo‘lovchi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 avgust kuni Toshkent shahrida Lacetti ishtirokida yuz bergan yo‘l transport hodisasida navqiron yigit halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 23:00 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 2002 y.t. Sh.A. Lacetti rusumli transport vositasida mast holda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratuvchi bo‘lagida yoritish chiroqlari o‘rnatilgan temir simyog‘ochga urilgan.

Natijada, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 19 yoshli I.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi 18 yoshli Sh.A. va yo‘lovchisi 19 yoshli Q.K. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

224

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing