Ularga rahmim kelyapti – Bobur Bekmurodov Rossiya fuqaroligini olganlar haqida

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchiligi haqida xabar bergan edik. Bu haqda Rossiya Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kiril Kabanov ma’lum qilgandi. 

O‘zbekistonda Hukumat jim. Rossiyada bo‘layotgan hodisalar, aytaylik, Ukrainada qo‘lga tushgan asli o‘zbekistonlik va rus armiyasi safiga jalb qilinganlar xususida ham na Tashqi ishlar vazirligi va na boshqa rasmiy idoralar miq etdi. 

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi – deputat Bobur Bekmurodov O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqanlarga achinishini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. 

“Tuzumga ishonib, fuqarolikni olganlarga rahmim kelyapti. Ular jangovar harakatlarga jalb qilinishi mumkin. Bosh tortib, fuqarolikdan voz kechay desa, O‘zbekiston fuqaroligidan ham chiqib bo‘lgan. Minglab vatandoshlarimiz”, deydi u. 

Kabanovga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik doirasida Rossiya Federatsiyasining 10 yildan kam muddatga Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan yangi fuqarolari – Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun bir yil davomida majburiy harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.

Kabanovga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan ko‘chib o‘tgan fuqarolarga taalluqli.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra 300 ming Rossiya fuqarosi jangovar hududga boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Bobur Bekmurodov safarbarlik

Baholaganlar

647

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing