Ular soxta jangchilar emas – Konor Fyuri va Uaylder haqida
Sport
−
12 Oktabr 2021
4319Yengil vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor o‘zining Twitter sahifasida Deontey Uaylder va Tayson Fyuri trilogiyasi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va yana bir bor Dastin Poredan qabul qilgan mag‘lubiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
“Ajoyib jang! Har ikkisi jangchi, har ikkisi g‘olib. Deontey o‘zidan ancha yirik va kuchli bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi va sal qolsa g‘alabani ham ilib ketardi. Vaznlardagi farq 40 funtni tashkil etadi, biroq bu bahs halol bo‘ldi. Jang uchun Fyuri va Uaylderga minnatdorchilik bildiraman”, deydi Konor.
Shuningdek, “notorius” Dastin Pore bilan jangda jarohati sabab mag‘lub bo‘lganiga ishora qildi:
“Ularning mahorat darajasi o‘ziga xos va bir-biriga juda yaqin. Jang super og‘ir vazn toifasi uchun esda qolarli trilogiya bo‘ldi. “Lo‘lilar qiroli” va “bronza bombardimonchi” raqib jarohatidan keyin g‘alabani nishonlaydigan soxta jangchilar emas”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni UFC 264 turniri doirasida Makgregor va Pore o‘rtasidagi bahs o‘tkazilgan edi. Birinchi raund oxirida Konor noqulay tarzda oyog‘ini sindirib olgan, Dastin esa texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishgandi.