“Ular nega meni ilgariroq tutishmadi-ya?..”. 14 kishining qotili o‘z aybini tan oldi

Olam

image

Janubiy Koreyada bir erkak 14 ayol va qizni o‘ldirganini tan oldi. Jinoyatlar taxminan 30 yil oldin sodir etilgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Li Chun Chje bugun, 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda 14 kishini o‘ldirganini tan oldi.

"Jinoyatlar abadiy ko‘mib tashlanadi, deb o‘ylamagandim", dedi 57 yoshli Li Janubiy Koreyaning Suvon shahrida o‘tgan sudda. U o‘tgan yili politsiyaga qotillik sodir etganligini tan olgan, ammo bu birinchi marta u o‘zining jinoyatlarini ommaviy ravishda muhokama qilishidir.

Qotillik haqidagi voqea 1986 yilda boshlangan va 1991 yil aprelga qadar davom etgan.

Lining hikoya qilishicha, jinoyat sodir bo‘lganidan keyin politsiya tomonidan so‘roq qilinganida, uning qo‘lida qurbonlaridan birining soati bo‘lgan.

"Men bir narsani sira tushunmayapman – ular nega meni ilgariroq tutishmadi-ya?.. Atrofimda jinoyatlar bo‘lgan va men nimanidir yashirishga harakat qilmaganman, shuning uchun men osongina ushlanib qolaman, deb o‘yladim. Yuzlab politsiyachilar bor edi. Men har doim detektivlarga duch keldim, lekin ular mendan doim atrofimdagi odamlar to‘g‘risida so‘rashar edi", dedi Li.

Jinoyatlar DNK tufayli ochilgan, zobitlar qurbonlarda qolgan genetik izlarning egasini topishga muvaffaq bo‘lishgan.

2019 yilnring 19 sentyabr kuni Janubiy Koreya politsiyasi ketma-ket qotillik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxsi aniqlagani haqida gapirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

1084

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing