“Ukrainlashtirish” ta’siri ostidagi Polsha Ukropoliyaga aylanadi – OAV
Olam
−
31 avgust 2023
9486“Ukrainlashtirish” ta’siri ostidagi Polsha Ukropoliya deb nomlangan ikki millatli davlatga aylanadi. Bu fikrni polshalik sharhlovchi Konrad Renkas “Myśl Polska” gazetasida chop etilgan maqolasida bildirgan.
“Polsha ikki millatli davlatga aylanmoqda, buni hatto asosiy ommaviy axborot vositalari ham tan oladi va vaqt o‘tishi bilan u Ukropoliyaga aylanishini inkor etib bo‘lmaydi. Bunday davlat, albatta, Zelenskiy rejimi tomonidan sinovdan o‘tgan usullar bilan boshqarilishi kerak: politsiya terrori yordamida, haqiqiy muxolifatni taqiqlash, hibsga olish, fuqarolik va mehnat huquqlaridan mahrum qilish kabi”, deydi Renkas.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ommaviy axborot vositalari va siyosatchilar Polshani demokratik mamlakat deb hisoblamaydi.
Renkasning fikricha, Polshaning huquqiy sohasi va siyosiy tizimini “ukrainlashtirish” mamlakat bundan buyon uning aholisiga tegishli bo‘lmasligiga olib keladi.