Ukrainaning sobiq bosh razvedkachisi Zelenskiyni sudga bermoqchi
Olam
−
27 noyabr 2021
5415Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi sobiq rahbari Vasiliy Burba Prezident Vladimir Zelenskiy ustidan sudga murojaat qilishini aytdi. U o‘zining ishdan bo‘shatilish sabablari haqidagi bayonotlardan so‘ng shunday qarorga kelgan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 26 noyabr kuni Vasiliy Burbaga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazgan bir qator epizodlarni aytib o‘tgan. U Vasiliy Burba 2020 yilning yozida Minskda 33 rossiyalik hibsga olingani sababli Kiyevni Turkiya bilan urushtirmoqchi bo‘lganini aytgan. Shuningdek, Prezident Burbani avantyurist va firibgarlikda ayblamoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Burba go‘yoki COVID-19 ning kelib chiqishi va hattoki vaksina formulasi haqida ma’lumot olib kelgan, Zelenskiy bu ma’lumotni shifokorlarga yetkazgan va ular buni “nolga teng” deyishgan.
“Prezidentning menga qaratilgan so‘zlarini e’tiborsiz qoldira olmayman... Shuning uchun men ertadan sudga murojaat qilishim kerak va sud bu masalaga chek qo‘ysin”, degan Burba.
U Prezidentning so‘zlariga javob qaytargan, xususan, COVID-19 haqidagi ma’lumotga izoh berib, buni eshitib hayron qolganini aytgan va o‘zi ham emlanganini qo‘shimcha qilgan.
Burba, shuningdek Zelenskiyning boshqa so‘zlariga izoh berib, u davlat dachasida yashaganini va u yerni “11 millionga” emas, balki o‘z puliga ta’mirlaganini hamda Maydan ishlarida ham so‘roq qilinganini, ammo unga qarshi hech qanday ayblov qo‘yilmaganini aytgan.
LiveBarchasi