Ukrainaning Odessa shahri Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Olam

image

Ukrainaning Odessa shahri UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda tashkilotning saytida ma’lum qilindi.

“Ozod shahar, jahon shahri, kino, adabiyot va san’atda o‘z izini qoldirgan afsonaviy port – Odessa hozirda xalqaro hamjamiyatning yanada kuchaytirilgan himoyasida. Urush davom etar ekan, ushbu ob’ektning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi har doim global qo‘zg‘olonlarni yengib o‘tgan bu shaharni keyingi vayronagarchilikdan himoya qilish bo‘yicha umumiy qat’iyatimizni ifodalaydi”, deydi UNESCO Bosh direktori Odri Azule.

Butunjahon merosi konvensiyasi qoidalariga ko‘ra, konvensiyaning 194 ishtirokchi-davlati Jahon merosi ob’ektiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazishi mumkin bo‘lgan qasddan harakatlar sodir etmaslik va uni himoya qilishga yordam berish majburiyatini oladi.

Qayd etilishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 yil oktyabr oyida shaharni Butunjahon merosi ro‘yxatiga qo‘shish uchun murojaat qilgan.

UNESCO tashkiloti Odessa amaliy san’at muzeyi va Odessa zamonaviy san’at muzeyiga urush boshlanganidan beri yetkazilgan zararni bartaraf etgan. Tashkilot, shuningdek, Odessa davlat arxividan 1000 ga yaqin badiiy asar va hujjatli to‘plamlarni raqamlashtirish uchun uskunalar taqdim etgan.

Binolarni, shuningdek, tashqi makon san’at asarlarini himoya qilish uchun uskunalar ham yetkazib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Odessa Butunjahon merosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing