Ukraina portlarning yopilishi tufayli 6 mlrd dollar yo‘qotdi

Olam

−

image

Ukrainaning Katta Odessa portlari faoliyati uch oydan ortiq vaqt davomida to‘xtab qolgani sababli valyuta tushumidagi yo‘qotishlari qariyb 6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu TASS hisob-kitoblaridan ma’lum bo‘ldi.

Tijorat yuk kemalari Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlarini boykot qilishda davom etmoqda, bu portlarga faqat Ukraina Qurolli Kuchlari bilan bog‘liq kemalar kirib bormoqda. Dengiz savdosi Dunay daryosi portlari, Ukrainaning Ismoil va Ruminiyaning Konstansa portlari orqali amalga oshirilmoqda. Ular birgalikda Katta Odessa portlari orqali amalga oshirilgan eksport hajmining ko‘pi bilan uchdan bir qismini ta’minlashi mumkin.

Natijada Ukraina sentyabr oyida eksport qilish rejalashtirilgan jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining atigi 44 foizini eksport qila olgan. Sentyabr oxiriga kelib, metallurgiya mahsulotlari eksporti butunlay to‘xtagan. Ushbu ikki soha birgalikda Ukraina umumiy eksportining qariyb 65 foizini ta’minlagan va yiliga taxminan 26 milliard dollar valyuta tushumini keltirgan.

Eksport uchun temiryo‘l tarmog‘i va Dunay portlaridan foydalanish hisobiga Ukraina yo‘qotishlarni qisman kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq bu sezilarli bo‘lmagan. Avgust oyida kuniga taxminan 70 million dollarni tashkil etgan yo‘qotishlar sentyabr–oktyabr oylarida kuniga qariyb 60 million dollargacha kamaygan.

Katta Odessa portlarining faoliyati joriy yilning 22 iyulidan beri to‘xtab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaga tegishli bo‘lgan kemaga uchta dron hujum qilgani haqda xabar berilgan edi.

Jasmina Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing