Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiya uchun najot bo‘ladi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga kirishi Rossiya uchun najot bo‘lishini aytdi. Bu haqda u Lotin Amerikasi OAVlariga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Zelenskiyga ko‘ra, Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi Kiyev kelajakda Rossiya hududiga kirmasligining o‘ziga xos kafolati bo‘ladi.

“NATO bo‘lgan joyda urush bo‘lmaydi. Barcha davlatlar Sovet Ittifoqi o‘z oyoqlari, qo‘llari va Putinning vasvasasi bilan qaytib kelishidan qo‘rqib, NATOga qo‘shildi. Ukraina uchun NATO hujumkor missiya emas, biz hech qachon hujum qilmaganmiz. Qayerga oldinga borsak, bu bizning hududimiz. Biz uni qayta tiklayapmiz. Agar Ukraina NATOda bo‘lsa, Rossiya minnatdor bo‘lishi kerak. Aynan shunday! Chunki Ukraina kelajakda ularning hududiga hech qachon kelmasligi Rossiya uchun xavfsizlikdir”, degandi Zelenskiy.

Shuningdek, Prezident, agar Ukraina askarlari o‘z hududida joylashgan bo‘lsa va bu urushdan keyin, tinch davrda o‘z chegaralarini qo‘riqlasa, NATO davlatlari, xuddi Boltiqbo‘yi davlatlari kabi juda xursand bo‘lishlariga ishonch bildirgan.

“Chunki bizda kuchli armiya va ko‘plab askarlar borligini hamma yaxshi tushunadi”, deya qo‘shimcha qilgan davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 30 sentyabr kuni Ukraina tezlashtirilgan tartib asosida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Keyin Prezident Zelenskiy Ukraina allaqachon alyans standartlariga javob berishini isbotlaganini aytgan. Biroq alyans nizomiga ko‘ra, urush holatida bo‘lgan davlatlar NATOga kirishi mumkin emas. Shuning uchun ham joriy yilning 11–12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Ukrainaning alyansga kirish masalasi ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing