Ukrainaning 50 foiz energetika infratuzilmasi vayron bo‘ldi – Zelenskiy
Olam
−
12 dekabr 2022
3082Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan suhbatda raketa zarbalari natijasida mamlakat energetika infratuzilmasining 50 foizi vayron bo‘lganini aytdi. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni Zelenskiyning saytida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, Ukraina Prezidenti AQSH tomonidan Ukraina energetika tizimini tiklash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan yordamni qayd etib, bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishga umid bildirgan.
Bundan tashqari, Zelenskiy Baydenni havo hujumidan mudofaa tizimini shakllantirishda yordam berishga chaqirgan
Eslatib o‘tamiz, Bayden Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilganini aytgandi. AQSH Prezidenti Ukrainaga iqtisodiy, gumanitar yordam, shuningdek, xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatish va Rossiyani javobgarlikka tortishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
LiveBarchasi