Ukrainani terrorchi davlat sifatida tan olish kerak – Volodin

Olam

image

Kiyev rossiyalik jurnalistlarga qarshi teraktlar rejalashtira boshlaganidan keyin Ukraina terrorchi davlat sifatida tan olinishi, Prezident Vladimir Zelenskiy esa javobgarlikka tortilishi kerak. Bu haqda bugun, 26 aprel kuni Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

“O‘z xalqiga qarshi urush boshlab, Kiyev boshqa mamlakatlardagi tinch aholiga qarshi teraktlar uyushtirishga o‘tdi. Neonatsistlar mafkurasini qo‘llab-quvvatlash shunga olib keladi”, deydi siyosatchi. 

Oldinroq neonatsistlar guruhining hibsga olingan a’zolari so‘roq paytida, videosi Rossiya FSB tomonidan tarqatilganida, ular jurnalist Vladimir Solovyovning o‘ldirilishini rejalashtirganliklarini aytishgan. Shuningdek, ular ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari, jumladan Dmitriy Kiselyov, Olga Skabeyeva, Yevgeniy Popov, Margarita Simonyan va Tigran Keosayanga hujumni muhokama qilishgan.

“Buni tan olish kerak: Ukraina terrorchi davlat. Zelenskiy javobgarlikka tortilishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi Volodin va rossiyalik jurnalistlarga hujumlarni rejalashtirganlar "jazolanishi" kerakligini ta’kidladi. 

Davlat Dumasi raisi, shuningdek, bo‘lib o‘tgan voqea Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi to‘g‘ri va o‘z vaqtida boshlangani isboti ekanini urg‘ulagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vyacheslav Volodin Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing