Ukrainani tark etgan deputatlarga qaytish uchun muhlat berildi
Olam
−
15 aprel 2022 8625 1 daqiqa
Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan rasmiylar va deputatlar 25 aprelgacha qaytishi kerak, aks holda ular ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda Oliy Rada raisi Ruslan Stefanchuk ma’lum qildi.
“Birinchi navbatda, mansabdor shaxslar, deputatlar va boshqa shaxslarning qaytishiga kelsak, albatta, bunday qonunchilik tashabbuslari ko‘rib chiqilmoqda. Ukraina Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi, jo‘nab ketgan barcha amaldorlar 25 aprelga qadar mamlakatga qaytishi kerak, aks holda ularga nisbatan ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy choralar ko‘riladi. Ammo biz Ukrainaga sodiqlikka qasamyod qilgan odamlar ushbu og‘ir davrda Ukraina bilan birga bo‘lishlari va uning hududidan tashqarida u uchun xo‘rsinib qo‘ymasliklari uchun boshqa chora-tadbirlar ustida ham ishlayapmiz”, deydi Stefanchuk.
Oliy Rada spikeri Ukraina rasmiylari va deputatlaridan qaysi biri xorijda ekanini aniq aytmagan. Biroq, uning fikricha, Ukraina rasmiylari Rossiya bilan hamkorlikda ayblayotgan “Oppozitsionnaya platforma — Za jizn” partiyasidan bo‘lgan Rada deputatlarining qariyb yarmi Ukrainani tark etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr