Ukrainani qurol bilan to‘ldirish qit’a xavfsizligiga tahdid soladi – Kreml

Olam

image

G‘arb qurollarining Ukraina va boshqa mamlakatlarga kiritilishi qit’a xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu haqda kecha, 28 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Ukraina va boshqa mamlakatlarni qurol-yarog‘, jumladan, og‘ir qurollar bilan to‘ldirish tendensiyasining o‘zi qit’a xavfsizligiga tahdid soluvchi, beqarorlikni keltirib chiqaradigan harakatdir”, degan Peskov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trassning Ukrainadan tashqari boshqa mamlakatlarga qurol-yarog‘ yetkazib berish haqidagi bayonotini izohlar ekan.

Shu bilan birga, Peskov Trassning bayonotini baholash masalasini Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga yo‘naltirgan.

Avvalroq Trass Ukrainaga qurol yetkazib berishni davom ettirishga chaqirgan, shuningdek, Moldova va Gruziya “xavfsizlik chegarasi hamda o‘z suvereniteti va erkinligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishini” ta’minlash zarurligini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov

Baholaganlar

340

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing