Ukrainani qo‘llash AQSH manfaatlariga javob beradi – Bayden Trampga 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan o‘zidan oldingi va keyingi bo‘lajak prezident Donald Trampga vakolatlar almashinuvi muammosiz o‘tishini va’da qildi. Bu haqda u kecha, 13 noyabr kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

81 yoshli demokrat va 78 yoshli respublikachi Oval ofisning yonib turgan kamini oldida qo‘l berib ko‘rishdi.

“Siyosat – qiyin ish va ko‘p hollarda bu juda yoqimli dunyo emas. Ammo bugun bu ajoyib dunyo va men buni juda qadrlayman” dedi Tramp uchrashuvdan keyin jurnalistlarga.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar o‘rtasidagi suhbat taxminan ikki soat davom etgan.

“Ular mamlakat va jahon oldida turgan muhim milliy xavfsizlik va ichki siyosat masalalarini muhokama qildi”, dedi u matbuotga.

O‘z navbatida, Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Bayden Tramp bilan suhbatda Ukrainani Rossiya Federatsiyasiga qarshi mudofaa urushida keyingi qo‘llab-quvvatlash AQSHning milliy manfaatlariga javob berishini ta’kidlagan.

Trampning o‘zi “The New York Post” jurnalisti savoliga javob berar ekan, suhbatning muhim qismi Yaqin Sharqdagi harbiy mojaroga bag‘ishlanganini aytdi.

“Men uning vaziyatga qanday baho berishini va bu haqda qanday fikrda ekanligini bilmoqchi edim. Va u menga bu haqda ochiq gapirdi”, deydi saylangan prezident.

Qayd etish joizki, Jo Bayden va Donald Tramp bir necha bor to‘qnash kelishgan: avvaliga 2020 yilgi saylovlarda, keyin esa 2024 yilgi saylov kampaniyasi vaqtida. Bayden o‘z raqibini demokratiya uchun xavfli deb atagan, Tramp esa Baydenni layoqatsizlikda ayblagan.

To‘rt yil avval demokrat respublikachilar ustidan g‘alaba qozonganidan beri an’anaviy Oval ofis uchrashuvi bo‘lib o‘tmadi.

Donald Tramp 2017 yildan 2021 yilgacha AQSH prezidenti bo‘lgan. 2020 yilda u mag‘lubiyatni rasman tan olmadi va raqibining inauguratsiyasida qatnashmadi. Donald Trampning rafiqasi Melaniya AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden bilan uchrashishdan bosh tortdi. Avvalroq “The New York Post” gazetasi manbaga tayanib xabar berishicha, bu qaror Melaniya Tramp tomonidan 2022 yilda Floridadagi oilaviy mulkni tintuv qilish tufayli qabul qilingan.

“Jill Baydenning eri Federal qidiruv byurosiga maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlash bo‘yicha tergov doirasida Mar-a-Lagodagi shaxsiy buyumlari qutisini ko‘zdan kechirishga ruxsat berdi”, deydi nashr manbasi.

Kecha, 13 noyabr kuni ikki siyosatchining iyun oyida bo‘lib o‘tgan teledebatidan keyin birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik, Baydenning zaif faoliyati tufayli demokratlar uning o‘rniga vitse-prezident, 5 noyabrdagi saylovlarda mag‘lub bo‘lgan 60 yoshli Kamola Harrisni tanladi.

Yangi prezidentning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Shu kungacha davlat rahbari Jo Baydenning vakolatlari o‘z kuchida qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing