Ukrainalik yigit Toshkentda dahshatli YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentda Ukraina fuqarosi ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

YTH joriy yilning 23 oktyabr kuni soat 5:30 atrofida Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasi 160-maktab oldida ro‘y bergan. Unda oq rangli davlat raqami 01 V 918 YeV bo‘lgan NISSAN ALTIMA avtomobili maktab oldidagi yoritgichga kelib urilgan. 

Qayd etilishicha, avtomobil salonida Ukraina fuqarosi – 1990 yilda tug‘ilgan Artur Oleksandrovich Grinov va 1992 yilda tug‘ilgan, Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi 35/1-7 uyda yashovchi Kristina Denisovna Kasimova bo‘lgan.  

To‘qnashuv natijasida xaydovchi Artur Grinov “BMYOJ, ko‘krak qafasining ezilishi, bosh terisi yumshoq to‘qimasining ezilib yirtilgan jarohati va alkogoldan mastlik holati o‘rta darajada” tashxislari bilan Respublika tez tibbiy yordam klinik markaziga yotqizilgan. 

Avtoulov yo‘lovchisi Kristina Kasimovaga “BMYOJ” tashxisi bilan RTTYOKMda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

826

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing