Ukrainalik tibbiyot xodimlarining koronavirusga chalinish sur’ati oshdi
Olam
−
11 aprel 2020 5835 1 daqiqa
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 334 nafar ukrainalik tibbiyot xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanovga tayanib, TASS xabar berdi.
“Bizda mavjud 2203 nafar koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemor ichida 334 tibbiyot xodimi ham bor. Bu ko‘rsatkich, so‘nggi haftada yaqqol oshdi”, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik har kuni tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlaydi.
Ayni vaqtda Ukrainada 2203 kishi koronavirus bilan kasallangan, 69 kishi vafot etgan, 61 bemor davolangan.
Live
Barchasi