Ukrainalik deputatlar O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasida ukrain va qrim-tatar diasporasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi munosabati bilan ukrainalik deputatlar O‘zbekistonga keldi. Bu haqda mamlakatdagi Ukraina elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur uchrashuv joriy yilning 6 aprel kuni soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasidagi Ukraina elchisi Nikolay Doroshenkoning ochilish so‘zi, 30 daqiqalik qisqa metrajli hujjatli film namoyishi va diaspora bilan suhbat o‘rin olgan. 

Suhbatda Ukraina Oliy Radasining xalq noibi, Oliy Rada raisining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Korniyenko va “Qrim platformasi” parlamentlararo birlashmasining hammuallifi, 2022–2024 yillarda Ukraina Prezidentining Qrim Avtonom Respublikasidagi vakili Tamila Tasheva ishtirok etadi. Suhbatda madaniy meros va milliy o‘zlik, diasporaning Ukrainaga xalqaro qo‘llab-quvvatlovdagi o‘rni va hozirgi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, “Erkin Qrimga maktublar” aksiyasi o‘tkaziladi va ishtirokchilar ukrainalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi maktublar yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Sizni ushbu muhokamaga qo‘shilishga taklif qilamiz! Keling, birgalikda Ukrainani dunyoda birlik va qo‘llab-quvvatlash bilan mustahkamlaymiz”, deyiladi e’londa.

Deputatlar bugun, 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashdi. Ukraina-O‘zbekiston hamkorligi, madaniyatni asrab-avaylashning ahamiyati va jahon xavfsizligi masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, ukrainalik deputatlar umumiy demokratik qadriyatlarga ega 47 mamlakat parlamentlarini o‘z ichiga olgan “12+” geosiyosiy guruhi yig‘ilishida ham ishtirok etdi. Hamkorlik masalalari, Assambleya kun tartibi muhokama qilindi va birgalikdagi ishlarning keyingi bosqichlari kelishib olindi.

Deputatlar 5-9 aprel kunlari “Tashkent City” hududidagi Kongress-xoll majmuasida o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-Asambleyasida ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ukraina Aleksandr Kornienko Tamila Tasheva Ukraina elchixonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing