Ukrainalik deputat Zelenskiyni xalq pulini o‘g‘irlashda aybladi

Olam

image

Ukraina Oliy Rada deputati Geo Leros Prezident Vladimir Zelenskiyni soliq to‘lashdan qochish maqsadida o‘z kapitalini noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketganlikda aybladi. Bu haqda u YouTube kanalida e’lon qilingan videoda gapirib o‘tgan.

2012 yildan beri Zelenskiy va uning atrofidagilar nazoratidagi ofshor kompaniyalar ukrainalik tadbirkor Igor Kolomoyskiydan taxminan 40 million dollar olgan. Lerosning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar Privatbank mijozlarining omonatlari bo‘lib, uning asosiy aksiyadori bank 2016 yilda milliylashtirilguniga qadar Kolomoyskiy bo‘lgan.

Deputatning iddao qilishicha, Zelenskiy Ukrainadan olib qo‘yilgan mablag‘lar evaziga xorijda ko‘chmas mulk sotib olgan.

Leros avval ham Zelenskiy va uning idorasi rahbari Andrey Yermakni o‘q-dorilarni xarid qilishda yuzlab million yevrolik korrupsiyada ayblagan.

Leros 2020 yil martigacha Zelenskiyning mustaqil maslahatchisi bo‘lgan.

2020 yil sentyabr oyi boshida Leros Ukraina rahbarini saylov va’dalarini buzganlikda, Yermakni esa hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblagan. Shundan so‘ng deputat Prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi "Xalq xizmatchisi" partiyasi fraksiyasidan chiqarib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy ofshor kompaniyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made