Ukrainalik harbiylar Slovakiyada tayyorlanadi
Olam
−
15 aprel 2023
3928Kecha, 14 aprel kuni Slovakiya hukumati Yevropa Ittifoqining o‘quv missiyasi davomida ukrainalik harbiylarni mamlakat hududida tayyorlashini ma’qulladi. Bu haqda “Pravda” gazetasi xabar berdi.
Slovakiya hukumati qonun loyihasida Ukraina harbiylarini tayyorlashda ishtirok etish uchun slovakiyalik harbiy instruktorlarni Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga yuborishni ham ko‘zda tutgan.
“Slovakiyaning o‘zida joylashgan poligonlarda Slovakiya harbiylari, Yevropa mamlakatlari, Buyuk Britaniya va AQSHdan 900 ga yaqin mutaxassislar Ukraina Qurolli kuchlari qiruvchilarini tayyorlaydi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun harbiy o‘quv missiyasi – EUMAM (Yevropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish missiyasi)ni yaratish to‘g‘risidagi qaror 2022 yil 17 oktyabrda qabul qilingan. U 15 ming harbiy xizmatchini tayyorlashni ta’minlashi kerak. Qaror 2 yilga mo‘ljallangan. 2022 yilning 15 noyabrida missiya vitse-admiral Erve Blejan qo‘mondonligi ostida o‘z faoliyatini boshlagan.
Shohjahon Majitov
LiveBarchasi