Ukrainaga yordamimiz uchun tabiiy resurslarni talab qilmaymiz – YeI

Olam

image
Zelenskiy qarshisidagi 3 ta halokatli yo‘l. AQSH Ukrainaga turli takliflar yubordi north_east

Zelenskiy qarshisidagi 3 ta halokatli yo‘l. AQSH Ukrainaga turli takliflar yubordi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam berganligi uchun kompensatsiya sifatida mamlakat tabiiy resurslarini talab qilmaydi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Antoniu Koshta “Suspilne”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Koshtaning so‘zlariga ko‘ra, uch yildan beri Yevropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi yirik donor bo‘lib kelmoqda, buni Ukraina, ukrainaliklar, shuningdek, Yevropa xavfsizligi uchun qilmoqda va Ukrainadagi tabiiy resurslarning birortasiga ko‘z olaytirmaydi.

Shuningdek, Koshta AQSHning Ukraina tabiiy boyliklarini yordam evaziga topshirish bo‘yicha kelishuv talabini izohlar ekan, Ukraina suveren davlat ekanligini, o‘z hududini boshqarish va xalqaro miqyosda muzokaralar olib borish uchun suveren huquqqa ega ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishdan iborat yangi harbiy yordam paketini taqdim etishga hozirlik ko‘rayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina EI tabiiy resurslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing