Ukrainaga tankka qarshi raketalar topshirildi
Olam
−
03 fevral
5492Estoniya Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi partiyasini, jumladan Javelin tankka qarshi raketalarini topshirdi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi milliy davlat teleradiokompaniyasi ERR xabar berdi.
Gap raketalarning Ukrainaga yetib borishi haqida ketmoqda, chunki ularni yetkazib berish to‘g‘risidagi qaror dekabr oyida qabul qilingan.
Yordam paketiga tankka qarshi raketalardan tashqari pulemyotlar, o‘q-dorilar, turli jihozlar, shuningdek, suv ostida ishlatiladigan uskunalar kiradi.
Estoniya Mudofaa vazirligining bildirishicha, ushbu qurollarning narxi 80 million yevroni tashkil etadi, boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya Qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornyu Ukrainaga 2024 yil davomida har oy Sovet samolyotlari uchun moslashtirilgan 50 ta AASM bombasi yetkazib berilishini aytgandi. Germaniya esa Ukrainaga oltita “Sea King” (Dengiz Qiroli) ko‘p tarmoqli vertolyotlarini yetkazib berishni va’da qildi.
LiveBarchasi