Ukrainaga Polshadan qiruvchi samolyotlar yetib keldi

Olam

image

Polsha avvaldan va’da qilingan MiG-29 qiruvchilarining birinchi partiyasini Ukrainaga topshirishni yakunladi. Bu haqda Polsha Prezidentining xalqaro aloqalar bo‘yicha boshqarmasi rahbari Marchin Pshidach RMF FM radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotlar yuborish jarayonining birinchi qismi allaqachon yakunlangan. Hozirda Ukrainani keyingi qo‘llab-quvvatlash haqida gap ketmoqda”, degan Pshidach.

Ma’lumot uchun, Polshada 28 ta MiG-29 qiruvchi samolyoti bor. Ular Malbork shahridagi aviabazada joylashgan. Joriy yilning mart oyi o‘rtalarida Polsha Prezidenti Anjey Duda yaqin orada Ukrainaga to‘rtta MiG-29 samolyotini jo‘natishga va’da bergan. U qolgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatilayotganini ta’kidlab,  tayyorgarlik tugagach, samolyotlar yuborishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Polshadan so‘ng Slovakiya ham 13 ta MiG-29 qiruvchisini Ukrainaga topshirishni ma’qullagan edi. Slovakiya Kiyevga ko‘rsatgan yordami evaziga AQSH va Yevropa Ittifoqidan 900 million dollar miqdorida kompensatsiya olishi ma’lum bo‘lgandi. Polsha ham Ukrainaga berayotgan MiG-29 ning o‘rnini Britaniya samolyotlari bilan to‘ldirishi aytilgan. Shuningdek, Kiyevga ko‘rsatayotgan umumiy yordami uchun Varshava Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 43 million yevro olgan va yana 240 million yevro olish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha MiG-29

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing