Polsha Ukrainaga berayotgan MiG-29 ning o‘rnini Britaniya samolyotlari bilan to‘ldiradi

Olam

image

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi Varshava Kiyevga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini topshirgandan so‘ng Britaniya Polshaga havo kuchlarini to‘ldirishda yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Germaniyaning "Die Welt" gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz Polshaning bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha so‘roviga juda ijobiy munosabatda bo‘lamiz. Varshava birinchi marta T-72 asosiy jangovar tanklarini Ukrainaga o‘tkazganida, biz buni amalga oshirdik va Polshaga Challenger 2 tanklarini berdik. Xuddi shu narsa qiruvchilarga ham tegishli", degan u. 

Shu bilan birga, Xippi Polsha rasmiylarining qarorini "muhim lahza" deb atab, hozirgacha Varshavadan bironta ham so‘rov kelib tushmaganini aytgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari uchun eng yaxshi yechim — ular allaqachon tanish bo‘lgan reaktiv samolyotlar. 

“Qolganlar uchun savol shundaki, biz o‘z texnikalarini yetkazib beruvchi havo kuchlarining salohiyatini qay darajada tiklash haqida o‘ylashimiz kerak", degan Jeyms Xippi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida London ukrainalik harbiylarni o‘zining zamonaviy qiruvchilariga uzoq muddatli tayyorgarlikdan o‘tkazish niyati borligini ma’lum qilgan edi. 16 mart kuni esa Polsha Prezidenti Anjey Duda Kiyev yaqin kunlarda Varshavadan dastlabki to‘rtta MiG-29 samolyotini olishini aytgan. Slovakiya ham 13 ta shu rusumdagi qiruvchi samolyotlarni Kiyevga yuborishga qaror qilgan edi. Mazkur qiruvchilari uchun Slovakiya AQSH va Yevropa Ittifoqidan 900 million dollar miqdorda konpensatsiya olishi ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha MiG-29

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing