Ukrainadan qancha o‘zbekistonlik qaytarib olib kelingani aytildi

Jamiyat

image
Odamlar o‘limini bo‘yniga oldi – Urush maydonida omon qaytgan o‘zbek qochqinlari hikoyasi north_east

Odamlar o‘limini bo‘yniga oldi – Urush maydonida omon qaytgan o‘zbek qochqinlari hikoyasi

Ukrainadan Polsha orqali Toshkentga qaytarilgan o‘zbekistonliklarning 1186 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Qobuljonov ma’lum qilmoqda. 

Uning qayd etishicha, 1-2 mart kunlari "Uzbekistan Airways" AJning uchta samolyoti bilan 677 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovitse ayeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilingan.  

Bugun, 2 mart holatiga ko‘ra, umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali beshta aviareyslar bilan 1 186 nafar o‘zbekistonlik olib kelingan.  

“Bugun yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Birinchi reys Toshkent shahridan soat 07:00 da uchib ketgan bo‘lsa, keyingisi soat 10:00 da parvoz qiladi”, deydi vakil.  

Ma’lum qilinishicha, Polsha hududida O‘zbekistonning 800 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 350 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 450 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan. 

“O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakatimiz fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.  

Mamlakatimizning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolarimiz uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda”, deydi Qobuljonov o‘z bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadan Polsha orqali qaytarilayotgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi 28 fevral kuni Toshkentga kelgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing