Ukrainadagi urushda o‘lgan o‘zbekistonlikning yarim jasadi olib kelindi (video)
3-sahifa
−
27 may 2023
48932Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketib, Ukraina urushiga safarbar qilingan o‘zbekistonlik yigitning jasadi Namanganga qaytarildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli Sh.T. Rossiyada dastlab turli yollanma ishlarda ishlab kelgan. So‘ngra u yerda mustaqil kafe ochib, mashina olgan.
Marhumning onasiga ko‘ra, o‘g‘li Rossiyadan Ukrainaga odam olib o‘tayotganda qo‘lga tushgan va mashinasidan geroin chiqqan. Shundan so‘ng yigit qamalgan. Yigit jazo muddatini o‘tayotganida, qamoqdan Rossiya-Ukraina o‘rtasida bo‘layotgan harbiy nizolarda ishtirok etish uchun safarbar qilingan.
Onasi o‘g‘li bilan oxirgi marta 2022 yilning 10 sentyabrida gaplashgan. O‘shanda yigit onasiga u urushga borishga majburlanganini aytgan.
Ko‘p vaqt o‘tmay, yigit jasadi tobutda Namanganga olib kelingan. Marhum onasining so‘zlariga ko‘ra, jasad tananing beldan tepa qismi bo‘lgan. Pastki qismi Ukraina dalalarida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Rossiya-Ukraina urushida “Vagner” safida jang qilgan 2 o‘zbekistonlikning jasadi Samarqandda dafn etilgan edi. Ular ham dastlab Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketib, so‘ngra qamoqqa tushgan. Shundan so‘ng ular ham urushga safarbar qilingan.
LiveBarchasi