Ukrainadagi urushda AQSHning ikki fuqarosi halok bo‘ldi
Olam
−
23 iyul 2022
8418Ukrainadagi janglarda ikki Amerika fuqarosi halok bo‘lgan. Buni AQSH davlat departamenti ham tasdiqlaydi. Bu haqda kecha, 22 iyul kuni ABC telekanali AQSH tashqi ishlar idorasining ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib xabar berdi.
“Biz yaqinda Ukrainaning Donbass viloyatida ikki AQSH fuqarosi halok bo‘lganini tasdiqlashimiz mumkin”, deya Davlat departamenti vakili so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.
Qayd etilishicha, Amerika rasmiylari “[o‘lganlarning] oilalari bilan aloqada bo‘lib, ularga har tomonlama konsullik yordamini ko‘rsatmoqda”.
“Ushbu og‘ir pallada oilalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatgan holda, boshqa izoh berishdan tiyilamiz”, deydi departament vakili.
Telekanal, shuningdek, halok bo‘lganlarning shaxsini ham ochiqlamagan, ular go‘yoki Ukraina tomonidagi jangovar harakatlarda qatnashganini ta’kidlanmoqda.
Iyun oyi oxirida Oq uy janglarda ikkinchi AQSH fuqarosi halok bo‘lgani munosabati bilan fuqarolarni Ukrainaga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirdi. Avvalroq “Washington Post” gazetasi 52 yoshli AQSH fuqarosi Stiven Zabelskiy 15 may kuni Ukrainadagi janglarda halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Aprel oyi oxirida Ukrainada xususiy harbiy kompaniyada xizmat qilgan amerikalik yollanma askar Uilli Jozef Kensel vafot etgani haqida xabar berildi. AQSH hukumati bir necha bor amerikaliklarni Ukrainaga borishdan, jumladan, harbiy harakatlarda qatnashishdan tiyilishga chaqirgan.
LiveBarchasi