Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan va yaralanganlar soni 1 milliondan oshdi
Olam
−
13 dekabr
1015Ukrainadagi urushda 1 milliondan ortiq odam halok bo‘lgan yoki yaralangan. Bu haqda kecha, 12 dekabr kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, har hafta ikki tomondan 10 mingdan ortiq odam halok bo‘lmoqda yoki yaralanmoqda. Shuningdek, Ryutte Ukrainadagi voqealarni Ikkinchi jahon urushidan keyingi Yevropadagi eng qonli mojaro deb atagan. Ryutte nutqi davomida boshqa NATO a’zolarini ham yaqin orada Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan.
“To‘rt yoki besh yildan keyin bizni nima kutayotganiga tayyor emasmiz va bilmaymiz. Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar biz bilan ham sodir bo‘lishi mumkin”, degan Ryutte.
NATO Bosh kotibi alyans a’zolarini "urush davridagi fikrlashga" va harbiy xarajatlarni “turbo” rejimiga yetkazishga chaqirgan.
“Agar biz hozir urushning oldini olish uchun ko‘proq mablag‘ sarflamasak, keyinroq jang qilish uchun bundanda ko‘proq pul to‘laymiz. Milliardlar emas, trillionlab yevrolar”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Ryutte Rossiyani muzokaralar stoliga qo‘ymasdan, Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvlarini muhokama qilish katta xavf tug‘dirishini aytgandi.
LiveBarchasi