Ukrainadagi fojia sabab “motam kuni” e’lon qilindi

Olam

image

Avvalroq, Ukrainaning Xarkov viloyatida An-26 harbiy samolyoti halokatga uchragani haqida xabar bergan edik. Fojiada qurbon bo‘lganlar 26 nafarga yetdi.

Mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 26 sentyabr kuni “Motam kuni”ni e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.  

"An-26 harbiy samolyotining 2020 yil 25 sentyabrda Xarkov viloyati Chuguyev shahri yaqinidagi rejali o‘quv parvozlari paytida halokatga uchrashi va Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy-havo kuchlari xxizmatchilarining o‘limiga olib kelgan fojia bilan bog‘liq holda, qurbonlarni xotirlash maqsadida men qaror qilaman: Ukrainada 2020 yil 26 sentyabrni – “motam kuni” deb e’lon qilaman”, deyiladi hujjatda. 

Farmonga muvofiq, motam kuni butun Ukraina hududidagi davlat hokimiyati organlari, mahalliy hokimiyat idoralari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining binolari va inshootlaridagi davlat bayrog‘i tushirilishi kerak. 

Barcha ko‘ngilochar va konsert tadbirlari bekor qilinishi, televideniye va radio dasturlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kerak. 

“Kecha biz jasoratli kursantlar va tajribali harbiylardan ayrildik. Ushbu yo‘qotish dardini ifoda etadigan so‘zlarni topish qiyin. Halok bo‘lgan askarlarning ota-onalari, rafiqalari va farzandlariga tasalli beradigan to‘g‘ri iboralarni topish mushkul. Bugun butun mamlakat o‘z oilalari bilan motam tutadi. 26 sentyabrni motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida farmonni imzoladim”, deydi Ukraina Prezidenti. 

Davlat rahbari samolyot qulashi sabablarini tezda aniqlash va xolis tergov o‘tkazish zarurligini ta’kidlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 28 kishi bo‘lgan. Ularning ikki nafari omon qolgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelinskiy

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing