Ukrainadagi bosqinga bosh-qosh bo‘layotgan Shoygu Akar bilan uchrashdi

Olam

image

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bermoqda. 

Shoygu Turkiya poytaxtiga Ukraina va Rossiyaning Qora dengiz portlaridan oziq-ovqat mahsulotlari va g‘alla eksportini tashkil etish imkonini beruvchi don masalasi bo‘yicha kelishuv imzolash marosimida ishtirok etish uchun kelgan. 

"Qalandar" qarorgohida mudofaa idoralari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. 

Akar va Shoygu ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibi, jumladan, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qilgan. 

Turkiya vaziri Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni imkon qadar tezroq ta’minlash zarurligini yana bir bor ta’kidlagan. 

Akar, Shoyguga don va oziq-ovqat mahsulotlarining Qora dengiz orqali xavfsiz tashilishini ta’minlashdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Istanbulda “Don yo‘lagi” yaratish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina harbiy delegatsiyalari hamda BMT vakillari ishtirok etdi. Jahon Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish yig‘ilishdan so‘ng Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz orqali xavfsiz va ishonchli eksportini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashlanganini aytdi.

Joriy yilning 18-19 iyul kunlari Prezidentlar Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Tehronda o‘tgan "Ostona jarayoni" sammitida yakkama-yakka muloqot qildilar. Anda asosiy mavzu Ukrainada qolayotgan donni xavfsiz olib chiqish bo‘ldi. Tehrondan Turkiyaga qaytgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an "Don yo‘lagi" bo‘yicha yakuniy hujjat shu hafta imzolanishi kutilayotganini aytgan edi

Ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu rahbarligida rus delegatsiyasi va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov raisligidagi Ukraina delegatsiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Istanbulda bo‘lib turibdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Shoygu

Baholaganlar

73

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing