Ukrainadagi aviahalokat sababi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Ukrainaning Xarkov viloyatida An-26 harbiy samolyoti halokatga uchragani haqida xabar bergan edik. Fojiada 20 kishi qurbon bo‘lgani va 2 kishi omon qolgani aytilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, An-26 samolyotining qulashiga dvigatelning ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. Bu haqda mahalliy OAV Ukraina Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, havo kemasi komandiri ratsiya orqali dvigatelda muammo borligini aytgan.

“Dvigatel ishlamay qolgan. U buni havoda aytdi. U dvigatelda qandaydir muammo borligini aytgandi. Ratsiya orqali”, degan vazirlik vakili.

Ta’kidlanishicha, An-26 komandiri Chuguyeva shahridan bo‘lgan 30 yoshli mayor fojiada halok bo‘lgan. Samolyot bortida jami 28 kishi bo‘lgan. Ulardan 22 nafari vafot etgan, ikki nafari jarohatlangan, to‘rt kishining taqdiri esa noma’lumligicha qolmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, fojiadan oldin ular samolyotdan sakrashga ulgurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina aviahalokat

Baholaganlar

407

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing