Ukrainadagi 147 nafar fransuz askari yo‘q qilindi – Tolstoy 

Olam

image

Hozirga qadar Ukrainaga jang qilish uchun kelgan 367 nafar fransuz yollanma askaridan 147 nafari yo‘q qilingan. Bu haqda Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy BFMTV telekanaliga ma’lum qildi.

Tolstoyning aytishicha, Rossiya harbiylari, Ukrainaga fransuz kontingenti kelgan taqdirda ham ularning barchasini qirib tashlaydi.

“Bizning bu boradagi fikrimiz bitta – Ukrainaga keladigan barcha fransuz askarlarini o‘ldiramiz, tamom", degan Davlat dumasi rasmiysi.

Bundan tashqari, Tolstoy Rossiya Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning “qizil chiziqlar” haqidagi bayonotlariga parvo qilmasligini ham aytgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 19 mart kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Fransiya Ukrainaga jo‘natish maqsadida fransuz askarlarini tayyorlayotgani va ularning soni dastlab 2000 ga yetishi mumkinligini bildirgandi.

Narishkinning so‘zlariga ko‘ra, fransuz harbiylari allaqachon norasmiy ravishda Ukrainada mavjud va ular orasida halok bo‘lganlar, yaradorlar ham bor. Shundan so‘ng, Fransiya tomoni bunday ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini gapirib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush Tolstoy frantsuz askarlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing